Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

NARX-NAVONING SUN'IY OSHIRILISHIGA YO'L QO'YILMAYDI


Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon, sifatli va yetarliligi bugungi kunning eng muhim talabi va xalq roziligining asosiy omillaridan biridir. Shunday ekan, mamlakatimizda aholining birinchi iste’mol mahsulotlari bo‘lgan go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar, guruch, kartoshka va boshqa shu kabi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda narx-navoning oshib ketishi, tovarlar taqchilligini oldini olish  yuzasidan zarur chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bozorlarda bu borada huquqiy targ‘ibot targ‘ibot o‘tkazilmoqda. Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Laziz Xudoyqulov Yangiyer dehqon bozorida bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi, shuningdek, bozor radiouzeli orqali narx-navo barqarorligini ta’minlash, narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.