Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

huquqiy_axborot_kuni


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov Oqoltin tumani “Shodlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida 31 nafar fuqarolardan uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, aliment undirish, kommunal soha, tadbirkorlik faoliyati va boshqa sohalardagi muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Jumladan, fuqaro J.Jappakova elektr energiyasi bilan ta’minlashda tez-tez uzilishlar bo‘layotgani, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda ham muammolar borligi, suv quvuri yorilganligi sababli ichimlik suvi bilan bog’liq muammodan mahalladoshlari aziyat chekayotganini ma’lum qildi.
Fuqaro M.Jalilova moddiy yordam, shuningdek, qizi M.Djalilolvaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishda amaliy yordam berish so‘radi.
Jarayonda 20 dan ziyod murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 6 nafar fuqaroning murojaatlari o‘rganish vaqt talab qilganligi sababli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda va tartibda ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

Sayyor qabul mobaynida aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, tadbirda fuqarolarga davlat xizmatlaridan onlayn rejimda foydalanish tartiblari batafsil tushuntirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi