Янгиликлар
Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining qirq yettinchi sessiyasida tuman adliya boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Ernazarov axborot berdi
Sirdaryo tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining qirq yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Ernazarov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yil I choragi davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, Boʻlim tomonidan 2022-yilning I choragi davomida oʻtkazilgan monitoring oʻrganishlar natijasiga koʻra, 62 ta taqdimnoma, 214 ta ogohnoma, 27 ta maʼmuriy takliflar kiritildi. Taqdimnomaga asosan 59 nafar aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Boʻlim tomonidan fuqarolarning manfaatida sudlarga 118 ta 439 mln 630 ming soʻm daʼvo arizalari kiritilib barchasi qanoatlantirildi. Boʻlimga 2022-yilning 3 oyi davomida 140 ta murojaatlar tushgan bo‘lib, 90 foizi qanoatlantirildi.
2022-yilning 3 oyi davomida 259 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yetkazildi. Shundan, 19 ta Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 83 ta hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining 91 ta qarorlari hamda 61 ta Vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlaridir.
Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan tegishli tashkilotlar ishtirokida 1191 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Shundan, 896 marotaba OAVlarida, 276 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil etilib, 2063 nafar tinglovchilar qamrab olindi, mavzuga oid 500 dan ziyod targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Boʻlim tomonidan tuman hokimining 5 ta normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari (shundan 1 tasi Xalq deputatlari tuman kengashining qarori loyihasi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, qonun hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha xulosalar berildi.
Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi