Янгиликлар
Huquqiy aksiya - huquqiy savodxonlikni oshirish garovi
Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi soha xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish barobarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan to‘laqonli xabardor bo‘lishi uchun ham keng imkoniyat yaratdi, deyish mumkin.
Xovos tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbir ham ana shunday keng qamrov kasb etdi.
Tadbirda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni, “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Shundan so‘ng, ta’lim tizimidagi islohotlar xususida so‘z yuritildi. Sohani rivojlantirishga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar e’tirof etildi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida davom etdi. Pedagog xodimlarning mehnat qonunchiligi va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosi yuzasidan bergan savollariga adliya bo‘limi boshlig‘i Ixtiyor Qayumov tomonidan batafsil javoblar berildi.
Tadbirda tuman adliya bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi boshliqlari ma’ruza bilan ishtirok etdilar. pedagog va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi