Янгиликлар
Mahallalarda saylov qonunchiligi targ‘ib qilinmoqda
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 8,10, 11 va 12-moddalariga muvofiq, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022 yilning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Adliya boshqarmasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi tomonigan tasdiqlangan reja-jadval asosida viloyatning barcha hududlarida, mahallalarda targ'ibot tadbirlari boshlab yuborilgan.
Sardoba tuman adliya bo‘limi hamda tumanda mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Birlashgan” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tadbirda ham “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘grisida”gi Qonun mazmun-mohiyati to'g'risida so'z bordi.
Yigilishda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish va ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi hamda qonun bilan belgilangan boshqa normalar tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir mobaynida yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan aholiga keng ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi, hamda mavzularga doir flayer va bukletlar tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi