Янгиликлар
Huquqiy_aksiya
Yangiyer shahar adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan shahar tibbiyot birlashmaiga qarashli 1-son Oilaviy poliklinikasida “Sogʼliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi” doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib otdi.
Uchrashuvda “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “O‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarorlari hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Huquqiy aksiya jarayonida ishtirokchilarning harbiy vatanparvarlik bo’yicha ham huquqiy bilimlari oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot хodimlari uchun sayyor qabul tashkillashtirildi. Qabul mobaynida fuqarolarga kundalik hayotda tez-tez uchraydigan muammolar yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qiladigan murojaatlar adliya bo‘limining ish yurituviga olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi