Янгиликлар
07
Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi. Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati xususida atroflicha so‘z bordi.
Guliston shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i N. Qarshiboyev, bo‘lim bosh maslahatchisi B.Donayev tomonidan Farmon hamda mazkur hujjat bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi