Янгиликлар
07
Guliston tumani Zarbdor va Baxmal mahalla fuqarolar yig‘inlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi
Guliston tuman adliya bo‘limi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda Zarbdor va Baxmal mahalla fuqarolar yig‘inlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.
Tadbir davomida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, shuningdek, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘grisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berilib, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish, ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi batafsil tushuntirildi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, saylovni tashkil etish va o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar to‘g‘risidagi axborot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtiriladi.
Saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi. Saylov fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Tadbir davomida saylov o‘tadigan ob’yektlarda xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi