Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

"Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi


Saylovlarning kutilganidek, ochiq-oshkora va shaffof o‘tishi joylarda olib borilayotgan saylov qonunchiligi targ‘ibotining saviyasiga ham bog‘liq. Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan Saxovat mahallasida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri ham aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor etish, "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga qaratildi.

- Fuqarolar saylovlarga shunchaki ishtirok etish uchun emas, balki ongli ravishda, haqiqiy mahalla yetakchisi bo‘la oladigan, huquqiy savodxon, ma’naviyatli insonlarni saylash uchun kelishlarini ta’minlash, - deydi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Z.Bekbo‘tayev.

Tadbir qizg‘in-savol-javob munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilarni bu borada qiziqtirgan barcha savollariga tegishli javoblar berilib, saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatiga oid flayerlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi