Янгиликлар
07
SAYLOV QONUNCHILIGI TARGʻIBOT QILINMOQDA
Joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi oldidan Adliya boshqarmasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan hamkorlik rejasiga asosan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir Sardoba tumanidagi Birlik hamda Ota yurt mahallalarida tashkil etildi. Unda "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Tadbir davomida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish va ularga qo‘yilgan talablar, ovoz berish tartibi va qonun bilan belgilangan boshqa normalar tushuntirildi.
-Bu kabi uchrashuv va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini har bir mahalla, tashkilot va muassasalarda ham o‘tkaziladi, - deydi Sardoba tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilhom Yunusov. –Maqsadimiz, mahallalar raislari(oqsoqoli) lavozimiga saylovlarda huquqiy ongi shakllangan fuqarolarimiz ishtirokini ta’minlash. Bu esa mahallalar yetakchiligiga munosib nomzodlar saylanishida zamin yaratadi.
Tadbir so'nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda mavzuga oid, shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati aks etgan targ'ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi