Янгиликлар
05
MART OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022 yilning mart oyida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sodiqjon Hamroyev “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Hamroyev Sodiqjon Bahrom o‘g‘li 1994 yil 21 martda yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2019 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
S.Hamroyev o‘z mehnat faoliyatini 2019 yilda yilda Sirdaryo tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
2021 yildan bo‘lim bosh maslahatchisi lavozimida faoliyati yuritib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Sodiqjon Hamroyevni ushbu e’tirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilaydi.