Янгиликлар
Yuridik xizmat ko’rsatish markazlarining faoliyati yanada kengaymoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5168-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko’rsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Markazlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
yuridik xizmat ko’rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o’rinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko’rsatish;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o’z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo’lishini ta’minlash.
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to’liq elektron ravishda yig’ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi «E-huquqshunos» elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etilib yo’lga qo’yildi.
Qarorga muvofiq Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko’rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hyech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Ushbu qarorga asosan markazlar tomonidan yuridik xizmat ko’rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shaxar) bo’linmalari: 1.Moliya bo’limi. 2. Xalq ta’limi bo’limi. 3. Maktabgacha ta’lim bo’limi. 4. Madaniyat bo’limi. 5. Tibbiyot birlashmasi. 6.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi. 7. Davlat o’rmon xo’jaligi. 8. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’limi. 9. Obodonlashtirish boshqarmasi. 10. Irrigasiya bo’limi. 11. Qurilish bo’limi. 12. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi.
2022 yil 18 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 173-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda barcha tuman va shaxarlarda Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatining yo’lga qo’yilishi o’zining ijobiy samarasini ko’rsatganligi, yuridik xizmat ko’rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o’tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o’tkazuvchi «E-huquqshunos» elektron tizimi yaratilgani, ish yurituvi to’liq raqamlashtirilib, qog’ozbozlikka barxam berilgani, 207 ta tuman va shaxarlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qo’llash amaliyoti shakllanganligi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi bo’g’ini yaratilgani qayd etib o’tildi.
Ushbu qarorga asosan 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan barcha tuman va shaxarlardagi yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shaxar) bo’linmalariga yuridik xizmat ko’rsatilishini ta’minlanadi:
1.Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi. 2. Qishloq xo’jaligi bo’limi. 3. Turizm va madaniy meros bo’limi. 4. Sportni rivojlantirish bo’limi. 5.Oila va xotin-qizlar bo’limi. 6. Davlat soliq inspeksiyasi. 7.Aholi bandligiga ko’maklashish markazi.8. Davlat umumiy o’rta ta’lim maktablari. 9. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari. 10. Davlat ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
Qarorga muvofiq 2022 yil 1 mayga qadar «E-huquqshunos» elektron tizimini texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyati yo’lga qo’yiladi.
2022 yil 1 avgustga qadar yuqorida sanab o’tilgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo’linmalari «E-huquqshunos» elektron tizimiga shartnoma asosida o’lanishi ta’minlanadi va ularga xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yiladi. Bosqichma-bosqich davlat umumiy o’rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni «E-huquqshunos» elektron tizimiga bepul asosda ulash va ularga xizmat ko’rsatiladi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada kengaytirilishi ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko’rsatishga qaratilgan islohatlarning samarasidir.
Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev.
Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati