Янгиликлар
Yer munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlari mazmuni tushuntirildi
Yangier shahar adliya boʼlimi tomonidan Suvoqova davlat unitar korxonasi Yangier shahar filialida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda yer munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan yangi qabul qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Bo‘sh turgan yer uchastkasiga doir ma’lumotlarni shakllantirish va kelishish «Yerelektron» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — «Yerelektron» AAT) orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur holat yer munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion omillarning oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilarga mavzuga doir tarqatma materiallar – flayer va bukletlar tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi