Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Guliston tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tumandagi barcha maktablarning kadrlar bo‘yicha menejerlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi


Tumandagi 30-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan manzilli targ‘ibot tadbiri “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda bugungi kunga qadar tuman xalq taʼlimi bo‘limiga yuridik xizmat ko‘rsatib kelinayotganligi va buning natijasida ijobiy natijalarga erishilganligi qayd etildi.

Muloqot davomida yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumot va jarayonlarni elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish “Е-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi, endilikda maktablarga ham yuridik xizmat ko‘rsatilishi natijasida qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy, har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishiga erishilishi ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxasislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi