Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

2022-yil may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi


  Joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur voqelik mamlakatimizda shakllangan demokratik saylov tizimining uzviy qismi bo‘lib, unda fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etadi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonuning mazmun va mohiyatini tushuntirish, saylovlar haqida aholini keng xabardor qilish maqsadida hamkorlik rejasi tasdiqlangan bo'lib, mahallalarda saylov qonunchiligi targ'iboti boshlab yuborilgan.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi hamda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tadbir ana shu maqsadlarga qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi, fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini), uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish tartibi hamda fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tugatish tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda mavzuga oid targ'ibot materiallari tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi