Янгиликлар
02
Seminarda yer qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
Adliya boshqarmasi hamda Qurilish bosh boshqarmasi hamkorligida Sardoba tuman hokimligida seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida atroflicha so‘z bordi.
Uchrashuv mobaynida «E-auksion» elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish, yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar yer munosabatlarini tartibga solishga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlaridan javoblar olishdi.
Seminar so‘ngida mavzuga doir tag‘ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi