Янгиликлар
02
Guliston shahar hokimligida tashkil etilgan seminar yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi
Yerdan foydalanishda barchaga teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratish borasida mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Demakki, amaliyotga tatbiq qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati, ularda belgilangan norma va qoidalardan fuqarolarning yetarli darajada boxabar boʻlishi muhim ahamiyatga ega.
Adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahar hokimligida tashkil etilgan seminar yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida atroflicha so‘z bordi.
Uchrashuv mobaynida «E-auksion» elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish, yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Tadbir savol-javob va munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga soha xodimlari tomonidan javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi