Янгиликлар
02
Kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi
Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai. Kitob insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi,bilimini oshiradi, tafakkurini boyitadi, kasb-hunarli bo‘lishiga ko‘maklashadi. Yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Ayniqsa, yoshlar kamolotida kitobning alohida o‘rni bor.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Xovos tuman bo‘limi bilan hamkorlikda Xovos tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bu borada mamalakatimiizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng tag‘ib qilish maqsadlariga qaratildi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig‘i Dilnoz Umurzoqova, viloyat telaradiokompaniyasi muxbiri A.Qahhorov, “Adolat” SDP Xovos tuman Kengashi ijrochi kotibi Noila Beknazarova mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazallarini bildirdi.
Ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibotni o‘zida ifoda etgan mazkur tadbir o quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur bilan yanada fayzli bo‘ldi.
Bunda yoshlar o‘z ijod namunlaridan o‘qib berishdi, dilrabo kuy-qo‘shiq va raqslar guldastasi barchada katta taassurot qoldirdi.
Tadbir nihoyasida faol o‘quvchilarga badiiy va huquqiy yo‘nalishdagi kitoblar sovga‘ qilindi.
Asosiy tadbirdan so'ng, faol o'quvchilar bilan mahorat darsi o'tkazildi. Bunda yetakchi yoshlarni yanada ruhlantirish, ularga motivatsiya berish maqsadida "Kim bo'lsam ekan?" degan savol o'rtaga tashlandi. Bahs-munozalalarga boy bo'lgan muloqot davomida kitob bilim va ma'rifat sari yo'l ochishi, bu yo'l esa insonni komillikka yetaklashi yana bir bor ta'kidlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi