Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yerdan samarali va oqilona foydalanish davr talabi


Yer jamiyat boyligining manbai, insoniyat uchun moddiy boyliklar yaratish va ishlab chiqarishni xom ashyo bilan ta’minlashning tabiiy negizidir.
Doimiy o ‘sib boruvchi sanoat, uy-joy va boshqa qurilishlar, yangi shaharlar barpo etilishi va eski shaharlar kengayishi, aholi sonining ortib borishi hamda boshqa omillar yer munosabatlariga oid qonunchilikni doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab qiladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xovos tuman hokimligida tashkil etilgan seminar yer munsabatlarini tartibga solishga qaratilgan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ahamiyati tushuntirildi.

Xususan, bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirilishi,  xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan aniqlanishi, elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi uning elektron onlayn-auksionga qo‘yilish paytidagi bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanishi ta’kidlandi.

Tadbir qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi