Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

OMMAVIY QABULDA SUD-HUQUQ MASALALARIGA OID MUAMMOLAR O'RGANILDI


Xabaringiz bor, joriy yilning 31 mart-1 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Muxammadiyev Ulug‘bek Islomovich rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar  o‘tkazildi.
2 kun mobaynida viloyat hududlari bo‘ylab o‘tkazilgan ushbu sayyor qabullar davomida Adliya boshqarmasi tomonidan jami 41 ta murojaat qabul qilindi.
Xususan, uy-joy va yer uchastkasi olish masalasida 8 nafar, pensiya masalasida 5 nafar, tibbiyot sohasi bo‘yicha 6 nafardan, ijtimoiy himoya, ish bilan ta’minlash masalada 8 nafardan, ta’lim masalasida 2 nafar, kompensasiya bo‘yicha 6 nafar hamda boshqa masalalarda 12 nafar fuqarolar murojaat qilishdi.
Shundan, 1 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 21 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 19 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi