Янгиликлар
Ommaviy qabul aholi murojaatlarini o'rganish, muammolarga huquqiy yechim topishda muhim omil bo'ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Muxammadiyev Ulug‘bek Islomovich rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilgan ommaviy qabul 1-aprel kuni Mirzaobod tumanida Mirzaobod, Sardoba, Oqoltin tuman aholisi uchun tashkil etildi.
Tadbir davomida adliya boshqarmasiga 6 ta murojaat kelib tushdi. Oqoltin mahallasida yashovchi fuqaro J.Ataxanov boquvchisini yo‘qotgan qizi M.Sharafuddinivaga uy-joy olishda amaliy yordam so‘radi.
Guliston tumani “Tajribakor” mahallasida ijarada yashovchi fuqaro M.Bekjanova ham uy-joy olishda ko‘mak so‘radi.
Kunning ikkinchi yarmida Yangiyer shahrida bo‘lib o‘tgan ommaviy qabulda Yangiyer, Shirin shaharlari, Xovos tuman aholisining murojaatlari tinglandi.
“Shirin” mahallasida yashovchi fuqaro A.Nazarovga nogironlarga beriladigan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Yangiyer shahar “Navro‘zobod” mahallasida yotoqxonada yashab kelayotgan Y.Bozorova uy-joyga muhtoj.
Xovos tumani “Bo‘ston” mahallasida yashovchi Sh.Karimova hayotiy zarurat tufayli farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini almashtirishda amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat joyida ijobiy hal etildi, hujjatni olish uchun belgilangan davlat boji Adliya boshqarmasi tomonidan to‘lab berildi.
Ommaviy qabul aholi murojaatlarini o'rganish, muammolarga huquqiy yechim topishda muhim omil bo'lidi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi