Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar soni ko‘payadi


Guliston tumani yuridik xizmat kzrsatish markazi tashabbusi bilan xalq taʼlimi bo‘limi bilan hamkorlikda tuman hududidagi barcha umumiy o‘rta taʼlim maktablari direktorlari uchun i “ZOOM” platformasi orqali seminar tashkil etildi.

Tadbirda “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mohiyati tushuntirildi.

Endilikda davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ham yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi, “E-huquqshunos” elektron tiziminining imkoniyatlari, afzalliklari xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2022 yil 1 maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinishi ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma‘rifat bo‘limi