Янгиликлар
Tadbir keng qamrovli bo‘ldi
Shirin shahar adliya boʼlimi tomonidan shahar favqulodda vaziyatlar bo'limida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Farmonga ko‘ra, adliya tizimida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo‘shilganligi, boshqaruv xodimlari soni 110 taga, ya’ni 2,2 foizga qisqartirilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tuman adliya bo‘limlari bilan birlashtirilib, bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona Adliya bo‘limlariga aylantirilishi xususida to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustdan bosqichma-bosqich yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan tuman darajasidagi bir qator idoralar, jumladan, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham yuridik xizmat ko‘rsatilishi haqida ma’lumolar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi