Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Guliston davlat universitetida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida adliya xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi


Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Ayniqsa ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Guliston davlat universitetida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi ham bitiruvchi talabalarning mehnat bozorida o‘zlariga munosib ish topishlari uchun keng imkoniyat bo‘ldi, deyish mumkin.
Mehnat yarmarkasida viloyatdagi barcha tuman-shaharlardagi talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlar, jumladan tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlash masalasiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. 
Yarmarkada adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mehnatga oid qonunlarga sharhlar, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga markazlar orqali elektron ro‘yxatdan o‘tish tartiblari tushuntirildi.

Mehnat yarmarkasi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun ham xizmat qildi. Tadbir mobaynida talabalarga mehnat qonunchiligi va yana bir qator yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati aks etgan ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi