Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining faoliyati kengaytiriladi. Ushbu mavzuda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida sirdaryolik jurnalistlar ham faol ishtirok etdi


 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining faoliyati kengaytiriladi. Ushbu mavzuda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Prezidentning “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilish maqsadi va sohada kutilayotgan o‘zgarishlar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Unda vazirlik rahbariyati, tarkibiy bo‘linma va hududiy adliya organlari mas’ul xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi studiyasidan ZOOM platformasi orqali viloyat teleradiokompaniyasi muxbirlari Anorboy Qahhorov, Risolatbonu Gulova, Malika Isayevalar ham qatnashdilar.

Matbuot anjumanida o‘tgan  6 oy davomida yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida erishilgan natijalar yuzasidan keng ma’lumotlar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 Muloqotda OAV xodimlari va blogerlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Matbuot anjumanidan so‘ng “Sirdaryo yoshlari” radiosining “Aslida” eshittirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan intervyular tashkil qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi