Янгиликлар
Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov Guliston tumanidagi «Baxmal» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari ta’minlanishi va samarali himoya qilinishining muhim omillaridan biridir. Shu bois milliy qonunchiligimizda fuqarolar murojaatlari masalasiga alohida o‘rin berilgan. Zero, qonun talablariga rioya qilgan holda murojaat qilish jamiyatimizda qonun ustuvorligining ta’minlanishiga, huquqiy madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi.
Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov Guliston tumanidagi «Baxmal» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, pensiya ta’minoti, nafaqa tayinlash, bola puli, moddiy yordam olishda yordam berish kabi masalalarda aholidan 12 ta murojaat kelib tushdi.
Jumladan, fuqaro A.Xolbekov ichimlik suvi teshilgan quvurlarini ta’mirlashda, Z.Xonimova 2-guruh nogironi bo‘lgan qayniopasiga qaraganligi uchun nafaqa tayinlash masalasida amaliy yordam so‘radi.
Sayyor qabul jarayonida aholini qiynab kelayotgan shu va boshqa hayotiy muammolari eshitilib, 3 ta murojaat qanoatlantirildi, 5 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta murojaat o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Sayyor qabulda tuman adliya bo‘limi, xalq qabulxonasi, tuman pensiya jamg‘armasi va bir qator mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Xulosa o‘rnida aytganda, sayyor qabul aholi murojaatlari bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi