Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

⚡️Adliya tashabbusi: "Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi


Adliya vazirligi tashabusi bilan 2022 yil 15 martdan 15 mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur aksiya doirasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sayyor qabullar va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Oqoltin taman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari uchun huquqiy aksiya doirasida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xususan, umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq ta’limi vazirining qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshirilishi, respublika fan olimpiadalarida va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘onaga oshirilishi xususida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida ishtiokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, mavzuga doir flayer va bukletlar tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya bo‘limi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi