Янгиликлар
“Xotin-qizlar huquqlari bo`yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Shirin shahar adliya bo`limi tomonidan Amir Temur MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
“Xotin-qizlar huquqlari bo`yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Shirin shahar adliya bo`limi tomonidan Amir Temur MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 10 ga yaqin xotin-qizlarning turli mazmundagi murojaatlari tunglandi. Xususan, uy-joy, subsidiya ajratish, aliment, nogironlik nafaqasi va pensiya tayinlash, tugʻilganlik faktini belgilash va boshqa qator masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga olindi.
Sayyor qabulda nafaqat aholi muammolari organildi, balki fuqarolar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilindi.
Xususan, davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish tartibi tushuntirildi, yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi