Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Boyovut tumanida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Boyovut tumanida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi tadbir 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilganligi tashkilot xodimlarining hayotiy dolzarb mavzudagi savollariga javob olishida yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligi, uning mustahkam bo‘lishi xotin-qizlar ma’naviyati va ma’rifatiga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi. 

Tadbir keng qamrovli bo‘ldi. Yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Muloqot so‘nggida davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish tartibi tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga Adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Xalmatov tomonidan to‘liq javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi