Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi tasdiqlandi


Joriy yilning 25-fevralida Vazirlar Mahkamasining 88-son qarori bilan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida” yagona nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom bilan xabardor qilish talab etiladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik haqida vakolatli organga xabarnoma yuborish, xabardor qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilab berildi. Unga ko‘ra, habardor qiluvchilar o‘z faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni boshlashdan oldin elektron shaklda yuboradi.

Xabarnoma “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda xabarnoma “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali qabul qilingan vaqtdan boshlab, vakolatli organ xabardor qilingan hisoblanadi.

 Хabarnoma yuborganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorigacha yig‘im undiriladi (alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar bundan mustasno).

Xabarnomada kiritilgan ma’lumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda taqqoslanadi va o‘rganiladi. Xabarnomani asossiz ravishda qabul qilmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Xabardor qiluvchilarning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) vakolatli organning tashabbusi bilan, shuningdek faoliyatni tugatish to‘g‘risida ish sudda ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar muayyan muddatga to‘xtatilishi mumkin.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi