Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Oila – muqaddas qo‘rg‘on


Jamiyat taraqqiyotida ma’nan barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni muhim. harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, oila va nikohning muqaddasligini ular ongiga chuqur singdirish maqsadida Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son Safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida “Oila– muqaddas qo‘rg‘on” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova, Halima Xudoyberdiyeva nomli ijod maktabi o‘qituvchisi, Guliston Davlat Universiteti magistranti Q.Asadullayevlar o‘z-fikr mulohazalari bilan ishtirok etdi.

Muloqot mobaynida mamlakatimizda oila institutini himoyalaydigan mustahkam huquqiy poydevor yaratilganligi, Konstitutsiyamizda oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo‘yilganligi, Oila kodeksning 1-moddasida oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat ekanligiligi ta’kidlandi.

Tadbir mobaynida yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to'g'risida keng ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy armiyamiz mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati, vatanni sevish, uni himoya qilish sharafli burch ekanligi xususida atroflicha so'z yuritildi.

Shuningdek muloqotda chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi batafsil tushuntirildi.

Uchrashuvda umidli yosh shoir Quddus Asad o'z ijod namunalari bilan ishtirok etdi. Yosh umidli shoirning ayollar, onalarni madh etuvchi she’rlari harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu she'rlar orqali yoshlar qalbida ayolni e'zozlash, onalarga ehtirom ko'rsatish, ularni qadrlashdek insoniy tuyg'ular yanada jo'sh urgan bo'lsa, ajabmas.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi