Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Mahalla xodimlarining ustama pullari undiriladigan bo'ldi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʻnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-sonli Farmonining 28-bandida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari va Byudjet tashkilotlarining moddiy ragʼbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hisobidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qoʼshimcha maxsus ustama toʻlash joriy etilishi lozimligi belgilangan.

Biroq, Sayxunobod tuman hokimligi tomonidan mahalla fuqarolar yigʻini raislari va oʻrinbosarlari lavozim maoshiga 30 foiz qoʼshimcha maxsus ustama toʻlanmagan. Tuman mahalla fuqarolar yigʻini raislari va oʻrinbosarlari esa bundan norozi. Sayxunobod tuman adliya boʻlimiga kelib tushgan ushbu mazmundagi murojaat qonunchilikka muvofiq oʻrganib chiqildi.

O'rganish davomida zarur hujjatlar to'plandi. Sayxunobod tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, tumandagi 57 nafar mahalla fuqarolar yigʻini xodimlariga 2021-yil 18-oktyabr holatiga 249.403.291 (ikki yuz qirq toʻqqiz million toʻrt yuz uch ming ikki yuz toʻqson bir) soʻm ustama pullari toʻlanmaganligi maʼlum boʻldi.

Aniqlangan ushbu qonunbuzilishni bartaraf etish yuzasidan adliya boʻlimi tomonidan tuman hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

Biroq, tuman hokimligi tomonidan taqdimnoma ijrosi taʼminlanmadi. Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha Sirdaryo tumanlararo sudiga arizalar kiritildi.

Natijada sud buyruqlari bilan Sayxunobod tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining 57 nafar xodimlariga 249.403.291 (ikki yuz qirq toʻqqiz million toʻrt yuz uch ming ikki yuz toʻqson bir) soʻm ustama pullari undirilishi belgilandi.

N.Tagirov,

Sayxunobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi