Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Jaholatga qarshi ma'rifat qurolimiz


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida Sayxunobod tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 409-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini keng omma e’tiboriga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, tuman hokimligining diniy masalalar bo‘yicha xodimi, tuman darajasidagi tashkilotlar rahbar va xodimlari, diniy tashkilotlarning imom-xatiblari, imom-noiblari va boshqa xodimlar qatnashdi.

Seminarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi