Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Odam savdosiga qarshi kurashishda birlashamiz


Odam savdosi insoniyat sivilizatsiyasiga, jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash bugun xalqaro darajada dolzarb muammo bo‘lib turibdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda "Istiqbolli avlod" respublika ijtimoiy-axborot markazi Sirdaryo viloyat bo'limi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida “Odam savdosiga qarshi kurashishda birlashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova, “Istiqbolli avlod” nodavlat-notijorat tashkiloti vakili F.To‘raqulov ishtirok etib, odam savdosiga qarshi kurashishda davlatlar va tashkilotlar o‘rtasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilsagina samarali natijaga erishish mumkinligi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ayrim kishilarning soddaligi va ishonuvchanligi sababli moddiy muammolarni tezda hal etish ilinji, yengil ish topish, tez boy bo‘lish orzusi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, loqaydlik va nopok kimsalarning g‘ayriqonuniy harakatlari, transmilliy jinoiy guruhlarning ixtisoslashuviga sabab bo‘lmoqda, - deydi F.To‘raqulov.
Shunindek, tadbirda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Qolaversa, mavzuga doir videroliklarning namoyish etilishi, ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalanilishi tadbir ta’sirchanligini oshirdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo'limi