Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya tizimi yanada ixchamlashtirildi


“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, adliya tizimida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo‘shildi.
  Natijada boshqaruv xodimlari soni 110 taga, ya'ni 2,2 foizga (birgina markaziy apparat 10 foizga ya'ni 356 tadan 320 taga) qisqartirildi.
Vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 foizga) va funksiyalar esa 388 tadan 215 taga (46 foizga) qisqardi.