Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Vijdon erkinligi – insoniyatning maʼnaviy yuksalishida muhim omil


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi majlislar zalida viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha diniy tashkilotlarning imom-xatiblari, imom-noiblari va boshqa xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati jarayonida diniy tashkilotlar vakillarining  qonunchilik talablari va ustav doirasida faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Davra suhbatini viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev kirish so'zi bilan ochib, bu borada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o'tdi. Tadbir mobaynida diniy tashkilotlar faoliyatida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunchilik talablariga rioya etilishi, masjidning imom-xatiblari, imom-noiblarining aholi orasida, shuningdek internet jahon axborot tarmoqlari orqali chiqishlarida qonunchilik va ustav talablariga qat’iy rioya etilishi, hisobotlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat qonunchiligi va ish yurituvi qoidalariga rioya etlishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida atroflicha so'z yuritildi.

Tadbirda diniy tashkilotlarning imom-xatiblari, imom-noiblari va boshqa xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga tegishli tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi