Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Lex.uz huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasida davlatning asosiy huquqiy axborot resursi


O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasida davlatning asosiy huquqiy axborot resursi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiladigan yagona rasmiy elektron manbadir.
Lex.uz dan foydalanishni, normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashr etilishini, ularning turkumlashtirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash «Adolat» milliy huquqiy axborot markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan seminar Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizasiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlarini tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirni Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitov boshqarib bordi. Seminarda Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari Ahror Kazakov va Bekzod Raxmatov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur axborot resursi aholining keng qatlami foydalanishi uchun ochiq bo‘lib, qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi.
Tadbirda Lex.uzning bir qator afzalliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, hujjatlar Lex.uz da nafaqat e’lon qilinadi, balki elektron shaklda kiritilib, ularga ishlov beriladi va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratiladi, bunda foydalanuvchilar undan elektron resurs sifatida foydalanish, nusxa ko‘chirish, hujjatlar ichida berilgan havolalar orqali boshqa hujjatlarga tezkor va oson o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari ko‘plab texnik amaliy imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar tezkor yangilab boriladi, bunda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga asos bo‘lgan hujjatlarga havolalarning berilishi foydalanuvchilar uchun oldingi va keyingi tahrirlarni ko‘rish va taqqoslash imkonini beradi.
Yana bir muhim jihati, Lex.uz da o‘zbek, rus va lotin alifbosidagi qonunchilik hujjatlari, sud hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari matnlaridan tashqari sudga oid hujjatlar, shartnomalar, kelishuv, bitimlar, ishonchnomalar, korporativ hujjatlar, shaxsiy tarkibga oid hujjatlar, ariza, iltimosnomalar namunalari, notarial tasdiqlanadigan hujjatlar ham o‘rin olgan.

Seminar ochiq muloqot, savol-javoblar asosida yanada samarali bo‘ldi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi