Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Murojaatlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar bir xil yuridik kuchga ega


“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq murojatlar ariza, shikoyat va taklif kabi turlardan iborat. Jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlari va muassasalariga, davlat iishtirokidagi tashkilotlarga, shuningdek oʻz-oʻzini boshqarish organlariga ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega boʻladi. Davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan murojaat oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.

Murojaatni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan mansabdor shaxsiga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan ogʻzaki murojaatlarni roʻyxatdan oʻtkazish talab qilinmaydi. Bunda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, murojaatning qisqacha mazmuni, shuningdek uni koʻrib chiqish natijasi ommaviy qabul bayonnomasida koʻrsatiladi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, murojaatlarni koʻrib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari zarur hollarda, murojaatning joyning oʻziga borib koʻrib chiqilishini taʼminlashi mumkin.

Taʼkidlash kerakki, voyaga yetmagan shaxslar toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmaganligi sababli ularning murojaatlarini koʻrib chiqmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning murojaatlarini koʻrib chiqish uning qonuniy vakillari, shuningdek vasiylik va homiylik organlari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. 

Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda murojaat qiluvchiga darhol yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi.Murojaatga javobni davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning mansabdor shaxsi imzolaydi.

Jamoaviy murojaatlarga javob, agar murojaatda javobni boshqa shaxsga yuborish talab etilmagan boʻlsa, murojaat qiluvchilarning roʻyxatida birinchi koʻrsatilgan shaxsga yuboriladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi