Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya ko‘magi bilan fuqaroning ish haqi undirildi


Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Nazarovaning Shirin shahar 3-son umumta’lim maktabida yoshlar yetakchisi lavozimida ishlagan davri uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar Shirin shahar Xalq ta’limi tomonidan to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida mazkur murojaat asosli bo’lib chiqdi. Xalq ta’limi bo‘limining qarzdorlikni tan olish yuzasidan bergan ma’lumotnomasida 4 298 872 so'm qarzdorlik mavjudligi oʻz isbotini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasi 1-qismida ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qat‘iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangan.

Yuqoridagilarga asoslanib, Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Nazarovaning manfaatida  Fuqarolik ishlari bo’yicha Boyovut tumanlararo sudiga ariza kititildi.

Natijada sud buyrug‘i bilan fuqaro M.Nazarova foydasiga  4 298 872 (toʻrt million ikki yuzi toʻqson sakkiz ming sakkiz yuzi yetmish ikki) so‘m miqdoridagi qarzdorlik  undirilishi belgilandi.

-        O‘z huquqini bilgan inson hayotda qoqilmaydi, pand yemaydi deyishadi. Haq-huquqlarim paymol bo‘lgach bu qanchalar ahamiyatli ekanligini anglab yetdim, - deydi M. Nazarova. Lavozimim tugatilgach, ish haqim va boshqa to‘lovlarni ancha vaqt ololmay yurdim. Bu masalada xalq ta’limi bo’limiga ham murojaat qildim, natija bo‘lmadi. Shundan so‘ng adliyaga bordim. Adliya xodimlari murojaatimni o‘rghanib, ijobiy hal qilishdi. Ularning ko‘magi bilan 4 298 872 so'm ish haqimni ham oldim, Adliyadan minnatdorman.


I.Xakimov,  

Shirin shahar adliya boʼlimi boshligʻi v.b.