Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi


Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i N.Qarshiboyev “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. 

Sayyor qabulda 10 ga yaqin fuqarorlarning turli mazmundagi murojaatlari qabul qilindi. 

Jumladan, fuqaro A.Xalilov, N. Mirzaaxmedova I.Useinovlar oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit olishda amaliy yordam so‘radi.

Shuningdek, jarayonda fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar ham tinglandi. 

Jumladan, ichimlik suvi, elektr energiyasi uchun to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, tibbiy ko‘rik va pensiya tayinlash kabi masalalarda qilingan murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi