Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sirdaryoda «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda


Bugun Guliston shahridagi «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi»da «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Mazkur ko‘rgazma mamlakatning eksport salohiyati va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror, uzoq va ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi ezgu maqsadlarni ko‘zlaydi. 

Ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Islom Jasimov, Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov, Sirdaryo viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev va boshqa mutasaddi tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etishdi. Ta’kidlanganidek, tashkil etilgan ko‘rgazma Respublikamizning sanoat salohiyatini o‘zida aks ettiradi.

Xalqaro ko‘rgazma mahalliy korxonalar, shuningdek, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlarni bir joyga jamladi. Bu eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar taqdimoti uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 

 Tadbir mobaynida “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasi doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Intellektual mul himoyasi markazi mas’ul xodimlari tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Jarayonda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, milliy brend yaratishning huquqiy aspektlari tushuntirildi hamda mavzuga oid huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi. 


Ha, yurtimizda tadbikorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar bardavom, tadbirkorlarning huquq va manfaatlari qonun himoyasida. Shu bois bugun ular safi yanada kengayib bormoqda.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi