Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor


Sirdaryo tumani “Hikmatli” mahallasida joylashgan 30-son umumta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi, xalq ta’lim boshqarmasi, tuman darajasidagi tashkilotlarning mas‘ul xodimlari ishtirok etdi.

Muloqotda bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi, harbiy OTMga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun yaratilgan imtiyozlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda viloyat hokimligi mas'ul xodimi Umid Abdullayev so'zga chiqiqb, oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish va o‘qishga kirish borasida yaratilgan keng imkoniyatlar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta'kidlanganidek, har bir abituriyent bir vaqtning o‘zida mos ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 tagacha OTMga hujjat topshirishi mumkin. Shu bilan birga kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to‘play olmagan taqdirda kontrakt yoki oshirilgan kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish orqali ham talaba bo‘lishi mumkinligi, eng asosiysi, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish hamda o‘qishga kirishda firibgarlar tuzog‘idan ogoh bo‘lish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi ta‘kidlandi.

Bundan tashqari, adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X. Sulaymanbekova “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar, oliy ta'lim muassasasiga kirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan murojaat qilish tartibiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi