Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ–757-son, 03.03.2022-y.) mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ANNOTATSIYA


Qonunga koʻra,geografik koʻrsatkich tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgidir.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.

Oʻzbekistondan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga hamda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradi.

Talabnomaning davlat ekspertizasi Agentlik tomonidan amalga oshiriladi hamda u rasmiy ekspertizani va talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasini oʻz ichiga oladi.

Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Agentlikka berilgan sanadan eʼtiboran 15 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin 1 oy ichida oʻtkaziladi.

Davlat ekspertizasi natijalari asosida Agentlik geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini reestrda roʻyxatdan oʻtkazishni patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran 3 ish kunida amalga oshiradi.

Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning egasining geografik koʻrsatkichdan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Guvohnoma geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin 3 ish kuni ichida Agentlik tomonidan beriladi.

Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.

Geografik koʻrsatkichlarni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun patent bojlari olinadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar geografik koʻrsatkichni boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli.

Asos: OʻRQ–757-son Qonun, 03.03.2022-y.