Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xotin_qizlar_huquqlari


"Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Shirin shahar adliya bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi tadbir ishtirokchilarni Musiqa va san’at maktabi binosiga jamladi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ma’ruza bilan ishtirok etdi. Dastlab, ishtirokchilar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari”gi Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi. 
Shuningdek, xotin-qizlarning mehnat huquqlari, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imtiyozlar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha tartiblar batafsil tushuntirildi. 

Bugungi globallashuv va tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan davrda mamlakatimiz aholisi, xususan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanib, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyalari ham ilgari surildi. Tadbir mobaynida O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi