Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bir_murojaat_izidan


Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda dinshunoslik fani asoslari, muqaddas islom dini tarixi va falsafasi, bu sohaning jamiyat hayoti va rivojidagi ahamiyatini nazarda tutib, Toshkent Islom universitetini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 347-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan 2003-yil 1-sentyabrdan Toshkent Islom universitetini bitirib, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlarga ishga qabul qilingan bakalavr va magistrlarning lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida oylik qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilangan.  

Xo‘sh, ushbu qaror ijrosi joylarda ta’minlanyaptimi?

Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida bu borada monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida Sardoba tuman moliya bo‘limida 2019-yilda ishlab kelayotgan Shohjaxon Ashirov Toshkent Islom universitetini tamomlaganligi, biroq ish haqiga 2019-2021-yillar davomida 5 779 004 (besh million yetti yuz yetmish to‘qqiz ming to‘rt) so‘m miqdorda ustama haqlari to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada tuman moliya bo‘limiga aniqlangan ushbu qonunbuzilishni bartaraf etish to‘g‘risida adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, Shohjaxon Ashirovga 5 779 004 so‘m miqdorida ustama haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Sh.Tamirbayev,

Sardoba tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi