Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya boshqarmasida navbatdagi "Ma'rifat soati" o'tkazildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida haftaning har juma kuni o‘tkazilayotgan “Ma’rifat soati” yurtimizda kechayotgan ijobiy o’zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy hayotidagi yangiliklar va axborotlar berib borilishi bilan birga xodimlar o‘rtasida sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash bilan bog‘liq tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Sir emaski, bozor munosabatlari sharoitida moddiy-moliyaviy, iqtisodiy, savdo sohalariga oid barcha fuqaroviy masalalar qatori avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash taritibi bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Mazkur islohotlardan xabardor bo‘lish huquqiy munosbatlarning umrboqiyligi, puxta-pishiqligi, ehtimol tutilgan nizo va ziddiyatli holatlarning oldi olinishiga xizmat qiladi.
 Navbatdagi “Ma’rifat soati”da huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi yetakchi maslahatchisi L. Mamadjonova Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirdi.

 Tadbir mobaynida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash uchun notariusga murojaat qilish, voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar, shuningdek kar-soqovlik nuqsoni va ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Avtomashina oldi-sotdisi bilan bog‘liq notarial harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning ahamiyati dolzalbligi bois tadbir bahs-manozaraga boy bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi