Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib deqonchilik qilish mumkin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 14-bandi, «Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 24-noyabrdagi 709-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan hamda “ Dehqonchilik xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan. 

Unga ko‘ra, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, sabzavot va poliz mahsulotlari hamda bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulostlarini yetishtirish uchun kamida besh gektargach yer uchastkalari “E-ijara” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali , “E-auksion “ yer uchastkalarni ijaraga berish uchun ochiq yagona onlayn elektron tanlovlar orqali berish tartibi belgilangan. 

 Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish tartibi quyidagicha:

Talabgorlar ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakldagi arizani ERI bilan tasdiqlab yuboradi;

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zakalat pulni operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritadi, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan talabgorlar ushbu to‘lovdan ozod qilinadi.

Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator zudlik bilan talabgorga ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ruxsat beradi, shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali talabgorning tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beradi.

Talabgor xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

Ushbu Reglamentning 22-bandida nazarda tutilgan zakalat pul talabgor tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritilmaganda, talabgorlar tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi (to‘lovdan ozod qilingan talabgorlar bundan mustasno).

Talabgor tomonidan savdo platformasiga kiritilgan ma’lumotlar, shu jumladan, tanlov takliflarining haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi.

Ochiq elektron tanlovga talabgorlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud tanlov savdolariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.


 S.Xodjanazarov,

Guliston tumani “Madad” NNT HMB bosh mutaxassisi