Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Oila - muqaddas qo‘rg‘on


Oila jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini, xalqimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas maskan. Barcha ezguliklar, tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat tushunchalari dastlab oilada shakllanadi. Shu bois oila tarbiya makonidir.

"Oila - muqaddas qo‘rg‘on". Yangiyer shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan tuman IIB, Yoshlar ishlari agentligi Yangiyer shahar bo‘limi bilan hamkorlikda pedagogika kollejida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri ana shunday nomlandi. 

Tadbirda nikoh va oila huquqi, oila munosabatlari barqarorligi, oilalar farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Laziz Xudoyqulovning ma’ruzasi tinglandi. 

Shundan so‘ng, so‘zga chiqqanlar oila jamiyatning muqaddas maskani ekanini, eng asosiy tarbiya makoni, oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o‘gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan imon-e’tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o‘tashini, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib borishini tushurtirib o‘tdilar.
- Bugungi tadbirda kollej o‘quvchilari va ularning ota-onalari ham ishtirok etmoqdalar. Maqsadimiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oila muqaddas ekanligini yosh avlod ongu-shuuriga singdirish, - deydi Yangiyer shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Beknazarova.

Darhaqiqat, oila vatan ichra kichik maskan. Oilada ijtimoiy-axloqiy va g‘oyaviy muhit sog‘lom bo‘lsa, unda kamolga yetayotgan farzand ham salohiyatli, shu muqaddas dargohning yuzi bo‘ladi. Tadbirda oilaviy qadriyatlar, bola tarbiyasi haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbir mobaynida xotin-qizlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida ham keng ma’lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi