Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya bo'imining ko'magi bilan 25 yillik muammo ijobiy yechim topdi


Fuqaro M. Baymurzayeva 25 yil muqaddam ya’ni 1996-yil 17-yanvarda farzandidan ayrilgan. Atigi 9 oy umr ko‘rgan qizi G.Turdibekovaning o‘lim to‘g‘risida guvohnomasi ayrim sabablarga ko‘ra rasmiylashtirilmagan. Mazkur guvohnoma o‘z vaqtida olinmaganligi sabab M. Baymurzayeva notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida qator muammolarga duch kelgan.

Oilaviy sharoiti og‘ir, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan, tashkilotma-tashkilot, idorama-idora yurib sarsongarchilikdan charchagan M. Baymurzayeva qizi Guloyim Turdibekovaning o‘lim to‘g‘risida guvohnomasini rasmiylashtishda amaliy yordam so‘rab Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Mazkur murojat bo‘lim tomnidan o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘plandi.

Aniqlanishicha, Turdibekova Guloyim Shuxrat qiziga 1995-yil 21-aprel kuni Yangiyer shahar FHDYO bo'limi tomonidan 268-son bilan qayd etilgan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma berilgan.

Biroq, og‘ir kasallikdan so‘ng 1996-yil 17-yanvarda vafot etgan G. Turdibekovaning o‘lim haqidagi guvohnomasi M. Baymurzayeva va uning oila a’zolarining e’tiborsizligi sabab rasmiylashtirilmagan. Ushbu holat Yangiyer shahar FHDYO bo‘limi arxivi tomonidan berilgan ma’lumotnomada ham tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Turdibekova Guloyim Shuxrat qizining Boyovut tumani “Do‘stlik” qabristoniga dafn etilganligi guvohlar ko‘rsatmalari va fotosuratlar bilan isbotlandi.

Shundan so‘ng, adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M. Baymurzayeva manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘gʼrisida”gi Qarorining 20-bandiga ko‘ra, agar shaxsning maʼlum vaqt va maʼlum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud boʼlsa,  shuningdek O’zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lgan faktlarni boshqacha tartibda olish mumkin bo‘lmagan taqdirda sud shu faktlarni aniqlashi nazarda tutilgan.

Sud tomonidan Yangiyer shahar adliya bo‘limining fuqaro Baymurzayeva Mohira Xalbekovnaning manfaatida o‘lganlik faktini belgilash to‘g‘risidagi arizasi muhokama qilinib, o‘lganlik faktini boshqa yo‘llar bilan olish imkoni yo‘qligi inobatga olindi.

Natijada, 1995-yil 16-aprelda tug‘ilgan Turdibekova Guloyim Shuxrat qizining 1996-yil 17-yanvarda o‘lganganlik faktini belgilish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarilib, darhol ijro qilish uchun Yangiyer shahar FHDYo bo‘limiga yuborildi.

Yangiyer shahar adliya bo'imining ko'magi bilan 25 yillik muammo ijobiy yechim topdi.


Laziz Xudoyqulov,

Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i