Янгиликлар
07
Mirzaobodlik xotin-qizlar holidan xabar olindi
Mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi qadimdan qadrlanib kelingan oliyjanob fazilatlar borki, bu xalqimizning azaliy an’analarini o‘zida namoyon etadi. Bayramlar, ulug‘ ayyomlar arafasida bunday ezgu tushunchalar yanada keng quloch yozmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami oldidan Mirzaobod tumanida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa avlod vakillari, nogiron va yakka-yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar holidan xabar olindi. Har bir xonadonga tashrif bayram tabrigi bilan boshlandi. Adliya boshqarmasining tabriknomasi o‘qib eshittirilib, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.
Muloqotlar mobaynida inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mazmuni ekanligi alohida e’tirof etildi.